TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH BO’LIMI
![]() |
Bo`lim boshlig`i: Ramazanov Medetbay Baxitbayevich Telefon: +99897 353 55 72 E-mail: ramazanov@uzdjtsunf.uz |
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiya faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi 515-sonli qarorining 14 bandiga asosan Respublikadagi barcha oliy ta`lim muassasalari tarkibida ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limlari tashkil etildi.
Bo‘limning asosiy maqsadi
Filial talabalari bilimlarining davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini o`rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, filial ichki attestatsiyadan o`tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo`yicha ta`lim sifatiga salbiy ta`sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko`rishdan iborat.
Bo`limning asosiy vazifalari:
-ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta`lim standartlari (DTS), malaka talablari, o`quv rejalari va fan dasturlari, ishchi o`quv rejalar va fanning ishchi dasturlari bilan ta`minlanganligi hamda o`zaro muvofiqligini tahlil etish;
-filialda ta`lim jarayoni sifatini, uning o`quv adabiyotlari va o`quv-uslubiy materiallar bilan ta`minlanganlik darajasini o`rganish;
-talabalar bilimini baholash jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish;
-talabalar bilimini baholash jarayonlari va natijalarining xolisligi va shaffofligini o`rganish;
-talabalar bilimini tanlanma asosida aniqlash uchun qo`shimcha ravishda nazorat ishlarini o`tkazish (mazkur nazorat natijasi talabaning o`zlashtirish ko`rsatkichida aks etmaydi), natijalarni tahlil qilish, ta`lim sifatiga ta`sir ko`rsatgan omillarni aniqlash jarayonlarini tashkillashtirish;
-filial dekanatlari tomonidan shakllantiriladigan dars jadvallarini optimallashtirishda ishtirok etish;
-har bir fan bo`yicha dars mashg‘ulotlarini tahlil qilish va filial direktoriga ma`lumotlar berib borish;
-talabalar davomati va professor-o`qituvchilarning darsga munosabatini monitoringini olib borish;
-baholash natijalari bo`yicha tahliliy ma`lumotlar tayyorlash va ularning natijalari yuzasidan filial kengashida hamda direktor oldi yig`ilishida hisobotlar berib borish;
-bitiruvchilarning bilim darajasini o`rganish maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari hujjatlari bilan tanishish;
-tashkiliy-huquqiy va metodik ko`rsatmalar asosida ta`lim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilishni tashkil etish;
-filialni ichki attestatsiyadan o`tkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, ta`lim sifatiga ta`sir etuvchi omillar to`g`risidagi ma`lumotlarni universitet rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;
-ta`lim sifatini belgilovchi ko`rsatkichlarning holatini monitoring qilish, aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan filial direktoriga takliflar berish;
-ta`lim sifatini oshirish maqsadida professor-o`qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
-filialning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo`lim, markaz) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo`nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o`tkazish, tahliliy ma`lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo`yicha filial rahbariyatiga takliflar kiritish;
-filial professor-o`qituvchilari tayanch ma`lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan o`tganligini yoki mos ixtisoslik bo`yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o`rganish va xulosalarni filial direktoriga ma`lum qilish;
-ta`lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo`yicha takliflar berish;
-filialda talabalar amaliyotining ta`lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olgan holda tashkil etilganligi va uning samarasini nazorat qilish;
-filial reytingini aniqlash, baholash, attestatsiya va ta`lim sifatini o`rganish bilan bog`liq jarayonlarda ishtirok etish;
-filialdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta`lim sifatini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o`qituvchi va kadrlar iste`molchilari o`rtasida ijtimoiy so`rovlar o`tkazish;
-filialdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta`lim sifatini o`rganish maqsadida professor-o`qituvchilar va kadrlar iste`molchilari o`rtasida o`tkaziladigan ijtimoiy so`rovlar jarayonida ishtirok etish, natijalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
-bitiruvchilarning ta’limni keyingi bosqichiga o`qishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qilishda ishtirok etish;
-respublika va xorijiy davlatlardagi ta`lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o`rganib borish va ularni ta`lim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
-filial reytingini xalqaro darajaga ko`tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta`lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uning ijrosini ta`minlashda faol ishtirok etish;
-filial tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta`lim sifatini oshirishga qaratilgan hamda o`quv seminarlari va treninglarni o`tkazish;
-filialda ichki jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo`yilgan vazifalar doirasida seminar mashg`ulotlarini muntazam ravishda o`tkazib borish;
-o`quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o`rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g`oyalar, ishlanma va texnologiyalarni kengaytirish yuzasidan takliflarni berib borish;
-filial Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo`lim tomonidan ta`lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o`rganish va monitoring natijalari to`g`risida ma`lumotlar berib borish;
-ta`lim sifati holatini o`rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni filial rahbariyatiga taqdim etish.
|
Bosh mutaxassis: Bazarbaeva Durdana Elbrus qızı Telefon: +99890 658 97 10 E-mail: durdanabazarbaeva141@gmail.com |
|
|