Kengash kotibi
|
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Kengash kotibi Kadirov Raxat Sovet og’li Telefon: +99893 366-06-96 Elektron pochta: kadirovraxat63@gmail.com |
Kengash kotibining lavozim vazifalari:
– Har oyda o’tkaziladigan OTM Ilmiy kengash majlisining ish rejasi bo’yicha tegishli sohalar mas’ullariga qaror loyihalarini tayyorlash bo’yicha
xabar berish va uni nazorat qilib borish;
– OTM ilmiy kengash a’zolarini ilmiy kengashda ishtirokini ta’minlash
va ularga majlis kuni hamda vaqti haqida xabar berish;
– Ilmiy kengash qarorlari loyihasini mas’ullardan o’z vaqtida olish
va ularni rasmiylashtirish;
-Ilmiy kengash qarorlari loyihasi rasmiylashtirilib, tayyor bo’lgach barcha kengash a’zolariga tarqatish;
– Ilmiy kengash qarorlari ijrosi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
– Ilmiy kengash qarorlari loyihasini mas’ullar tomonidan bajarilmagan taqdirda yozma yoki og’zaki ravishda ilmiy kengash raisiga
hisobot berish;
– Ilmiy kengash qarorlarini bayonnoma bilan rasmiylashtirish. Bayonnomalarni ilmiy kengashning raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolab tasdiqlanishini ta’minlash;
– Ilmiy kengash tasdig’idan o’tgan barcha OTMsi hujjatlarining bayonnomadan ko’chirmasini tasdiqlab berish;
– Ilmiy kengash qaroriga muvofiq professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko’rib chiqish
va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlash uchun taqdim etish hamda hujjatlarni OAKga jo’natish;
– Ilmiy kengash muhokamasidan o’tgan doktorlik va nomzodlik dissertatsiyasi mavzulariga bayonnomadan ko’chirmani tasdiqlash;
– Kafedra mudiri, professor va dotsent lavozimlariga kafedralar bo’yicha vakant lavozimlarga yopiq ovoz berish yo’li bilan tanlov o’tkazib, rasmiylashtirish;
– Professor-o’qituvchilarning ilmiy ishlar ro’yxatini tasdiqlab berish;
– Har o’quv yili oxirida ilmiy kengash bayonnomalarining yig’ma jildini arxivga topshirish;
– Ilmiy kengash rejasi ilmiy kengash tomonidan ko’rib chiqilgandan so’ng OTM rektori tomonidan tasdiqlatish;
– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati Qarorlari hamda buyruqlari asosida ish rejasiga o’zgartirishlar kiritish;
– Ilmiy kengash yig’ma jildlar nomenklaturasini doimiy tarzda yuritish va barcha hujjatlar monitoringini amalga oshirish.