Ikki talaba «Úmit shamshıraǵı» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Ustoz yo‘li gazetasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan e’lon qilingan tanlovda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari ham ishtirok etgan edi.

Ular orasidan tanlovda faol ishtirok etganliklari uchun Yaxshiboy Zeripboyev va Berikboy Zaripovlar «Ustoz yo‘li gazetasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati tahririyati tomonidan Tashakkurnoma va «Umid chirog‘i» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu ikki talabaga ko‘krak nishonlari tahririyat xodimlari va filial mehnat jamoasi hamkorligida filial talabalari ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.


Filial Matbuot xizmati.