Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Vazir talabalar bilan uchrashdi va ularning murojaatlarini tingladi

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va ko‘ngilli o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan «Ta’limda muhim 90 kunlik» deb e’lon qilingan edi.

Bugun ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Erkinbay Qutibayev ishtirokida talabalar bilan «Vazir va yoshlar» uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvni filial direktori, professor Bayrambay Erimbetov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Unda sport vaziri E.Qutiboyev filial talabalariga so‘nggi yillarda mamlakatimizda sportga qaratilayotgan e’tibor, sportchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar, ularning bu yo‘nalishda erishayotgan yutuqlariga to‘xtalib o‘tdi hamda talabalarning fikr-takliflari, murojaatlarini tingladi.

Filial Matbuot xizmati.