{"id":158,"date":"2019-05-02T16:38:56","date_gmt":"2019-05-02T11:38:56","guid":{"rendered":"http:\/\/uzdjtsunf.uz\/?page_id=158"},"modified":"2021-08-25T17:54:12","modified_gmt":"2021-08-25T12:54:12","slug":"eslatma","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/uzdjtsunf.uz\/qq\/eslatma\/","title":{"rendered":"ABITURIYENTLARGA ESLATMA"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 Abituriyent qabul komissiyasiga tegishli hujjatlarni topshirishi, topshirgan hujjatlariga mos ma&#8217;lumotlar abituriyentlar bazasiga to\u2018g\u2018ri kiritilganini tasdiqlashi lozim. Qabul jarayoni tugagandan so\u2018ng abituriyentning murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi. Abituriyent ruxsatnomasida ko\u2018rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi. Test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagi huquqlarga ega: savollar kitobchasidan qoralama sifatida foydalanish; test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan so\u2018ng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari o\u2018tkaziladigan hududdan chiqib ketish. Abituriyent test sinovlari o\u2018tkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 13:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 13:30) gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasport bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirishi, test sinovlarini o\u2018tkazish qoidalariga qat&#8217;iy amal qilishi bilan birgalikda, birinchi smenada soat 07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada soat 14:30 dan 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur: test topshiriqlari kitobi va unga mos raqamli javoblar varaqasi raqamlari mosligini tekshirish; test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish; javoblar varaqasi to\u2018g\u2018ri to\u2018ldirilishini ta&#8217;minlash; test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida ko\u2018rsatilgan tegishli joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qo\u2018yish; javoblar varaqasi raqamini abituriyent ruxsatnomasi va titul varaqasining tegishli joyiga to\u2018g\u2018ri ko\u2018chirib imzo qo\u2018yish; titul varaqasida ko\u2018rsatilgan maxsus kod va ta&#8217;lim muassasasi kodini javoblar varaqasida ko\u2018rsatilgan joyga to\u2018g\u2018ri ko\u2018chirib yozish va tegishli doirachalarni bo\u2018yash. Abituriyent yuqorida ko\u2018rsatilgan majburiyatlaridan tashqari quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi: javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan to\u2018ldirish; javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig\u2018iga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo\u2018yamaslik; javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo\u2018lganligi uchun uni to\u2018g\u2018ri to\u2018ldirish; belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini bo\u2018yab, test topshiriqlari kitobini va unga mos bo\u2018lgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish. Test topshiriqlari umumiy o\u2018rta va o\u2018rta maxsus, kasb-hunar ta&#8217;limining umumta&#8217;lim fanlari o\u2018quv dasturlariga muvofiq tuziladi. Abituriyentlar tanlagan ta&#8217;lim yo\u2018nalishiga qarab tegishli ravishda bir, ikki yoki uchta fan majmuasi bo\u2018yicha test sinovini topshiradi. Test topshiriqlari kitobidagi mavjud har bir fan 30 tadan test topshirig\u2018ini o\u2018z ichiga oladi. Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to\u2018ldirish bilan birga) 30 ta test topshirig\u2018iga 1 soat, 60 ta test topshirig\u2018iga 2 soat, 90 ta test topshirig\u2018iga 3 soat vaqt belgilanadi. Har bir test topshirig\u2018iga 4 tadan (\u00abA\u00bb, \u00abB\u00bb, \u00abC\u00bb, \u00abD\u00bb) muqobil javoblar beriladi. Abituriyent tomonidan har bir test topshirig\u2018iga faqat bitta javob belgilanishi shart bo\u2018lib, test topshiriqlari kitobida to\u2018g\u2018ri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini bo\u2018yaydi (javoblar varaqasida bo\u2018yalgan javoblarni o\u2018zgartirish mumkin emas). Agar javoblar varaqasidagi \u00abbelgilash uchun namuna\u00bb qoidasiga rioya etilmasa, jumladan bitta test topshirig\u2018iga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo\u2018yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo\u2018yalsa yoxud to\u2018liq bo\u2018yalmasa ushbu test topshirig\u2018iga ball berilmaydi. Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo\u2018yilmaydi. Sog\u2018lig\u2018iga salbiy ta&#8217;sir etuvchi holatlarda test materiallarisiz kuzatuv ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno. Quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo\u2018ladi: test sinovlari o\u2018tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug\u2018at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo\u2018lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa; test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa; test materiallarini binodan tashqariga chiqarsa, test topshiriqlari kitobi varag\u2018ini yirtsa, test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganda test materiallarini topshirishdan bosh tortsa; test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.<\/span><\/p>\n<p><\/p>\n<div class=\"gsp_post_data\" \r\n\t            data-post_type=\"page\" \r\n\t            data-cat=\"\" \r\n\t            data-modified=\"120\"\r\n\t            data-created=\"1556815136\"\r\n\t            data-title=\"ABITURIYENTLARGA ESLATMA\" \r\n\t            data-home=\"https:\/\/uzdjtsunf.uz\/qq\"><\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 Abituriyent qabul komissiyasiga tegishli hujjatlarni topshirishi, topshirgan hujjatlariga mos ma&#8217;lumotlar abituriyentlar bazasiga to\u2018g\u2018ri kiritilganini tasdiqlashi lozim. Qabul jarayoni tugagandan so\u2018ng abituriyentning murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi. Abituriyent ruxsatnomasida ko\u2018rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi. Test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagi huquqlarga ega: savollar kitobchasidan qoralama sifatida foydalanish; test topshiriqlarini belgilangan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":82,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-158","page","type-page","status-publish","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzdjtsunf.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/158","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzdjtsunf.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzdjtsunf.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzdjtsunf.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/users\/82"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzdjtsunf.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=158"}],"version-history":[{"count":0,"href":"https:\/\/uzdjtsunf.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/158\/revisions"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzdjtsunf.uz\/qq\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=158"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}