Ayni paytda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug’ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-shoroitlar yaratish, o’quvchi va talabalar o’rtasida o’tkaziladigan sport musobaqalari orqali yoshlarda o’z kuchi va irodasini mustahkamlash shuningdek yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli takomillashtirish bo’yicha hukumatimiz tomonidan juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bois, oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida «Universiada-2019» sport o’yinlari o’tkazilishi katta ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 12 oktyabrdagi 927-sonli buyrug’iga asosan «Universiada-2019» o’tkazilib unda sportning basketbol musoboqalarida Qoraqolpog’iston jamoasi viloyatlardan kelgan jamoalari bilan bellashib:
Qoraqalpog’iston: Xorazm (45-15)
Qoraqalpog’iston: Buxoro (74-27)
Qoraqalpog’iston: Navoiy (87-16)
hisoblarida g’oliblikni qo’lga kiritib final bosqichiga yo’llanma oldilar. Shuni aytish joizki, bu g’alabaga erishishda filial assistent o’qituvchisi murabbiy Timur Mambetjumaev va jamoada mehnat qilgan talabalar: Tolegenov Abujan, Sharashenidze Omari, Farxodov Jamshidbek, Amanjolov Nursultan, Taxirov Ulug’bek, Ubaydullaev Muhammed, Ro’zimov Anvar, Qidirniyazov Aydoslarning hissasi katta.
Kelgusi final boskichida ham yuqori natijalarga erishishda omad tilab qolamiz.
«Universiada-2019» sport musoboqalarining xududiy bosqichi yakuni
Qoraqolpog’iston Respublikasi Nukus shahrida sportning basketbol turi bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda Qoraqalpog’iston terma jamoasining qizlar va o’g’il bolalar jamoasi g’olib bo’ldi va final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
Navoiy viloyatida voleybol bo’yicha o’tkazilgan sport musobaqalarida qizlar va o’g’il bolalar o’rtasida Qoraqalpog’iston terma jamoasi g’olib bo’lib, finalga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
Xorazm viloyatida o’tkazilgan qo’l to’pi bo’yicha o’tkazilgan musoboqalarda qizlar o’rtasida Qoraqalpog’iston terma jamoasi g’olib bo’lib, finalga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
Buxoro viloyatida sportning futbol turi bo’yicha o’tkazilgan musoboqada Qoraqalpog’iston terma jamoasi II o’rinni egalladi.
«Universiada-2019» musobaqalarining xududiy bosqichi yakuni bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan basketbol, voleybol va qo’l to’pi bo’yicha ug’il bollar jamoalarining to’liq tarkibini O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali sportchi yoshlari tashkil etadi. Shuningdek, boshqa sport to’rlari bo’yicha terma jamoalarda filial talaba yoshlari faol ishtirok etishdi. Talabalarni sport musobaqalariga murabiylardan B.Kazakov, T.Mambetjumaevlar tayorladi. Qoraqolpog’iston terma jamoasi ishtirokchilariga qo’lga kiritgan g’olibliklari bilan filial nomidan tabriklaymiz va final bosqichida omad yor bo’lishini tilab qolamiz.
«Универсиада-2019» спорт мусобоқаларининг худудий босқичи якуни
Қорақолпоғистон Республикаси Нукус шаҳрида спортнинг баскетбол тури бўйича ўтказилган мусобақаларда Қорақалпоғистон терма жамоасининг қизлар ва ўғил болалар жамоаси ғолиб бўлди ва финал босқичига йўлланмани қўлга киритди.
Навоий вилоятида волейбол бўйича утказилган спорт мусобақаларида қизлар ва ўғил болалар ўртасида Қорақалпоғистон терма жамоаси ғолиб бўлиб, финалга йўлланмани қўлга киритди.
Хоразм вилоятида ўтказилган қўл тўпи бўйича ўтказилган мусобоқаларда қизлар ўртасида Қорақалпоғистон терма жамоаси ғолиб бўлиб, финалга йўлланмани қўлга киритди.
Бухоро вилоятида спортнинг футбол тури бўйича ўтказилган мусобоқада Қорақалпоғистон терма жамоаси II- ўринни эгаллади.
«Универсиада-2019» мусобақаларининг худудий босқичи якуни бўйича ғолибликни қўлга киритган баскетбол, волейбол, ва қўл тўпи бўйича уғил боллар жамоаларининг тўлиқ таркибини Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия ва спорт университети Нукус филиали спортчи ёшлари ташкил этади. Шунингдек, бошқа спорт тўрлари бўйича терма жамоаларда филиал талаба ёшлари фаол иштирок этишди. Талабаларни спорт мусобақаларига мурабийлардан Б. Казаков, Т.Мамбетжумаевлар таёрлади. Қорақолпоғистон терма жамоаси иштирокчиларига қўлга киритган ғолибликлари билан филиал номидан табриклаймиз ва финал босқичида омад ёр бўлишини тилаб қоламиз.