Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i

Sobirov Bekzod Nizomboy o’g’li

begzad.sobirov@inbox.ru

tel: (897) 356-68-88

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi filialda olib boriladigan ma’naviyy-ma’rifiy ishlarga boshchilik qilish, bo’limga tegishli normativ hujjatlarda belgilangan ko’rsatmalarni muvofiqlashtirish, bo’limlar, jamoat ishlarida va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy tajribalarni umumlashtirish, adabiyotlar tayyorlash va ularni nashr qildirish, talabalarning ma’naviy dunyosini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tuziladi.

Umumiy qoidalar

Bo’lim filial direktorining buyrug’i asosida tuziladi;
Bo’limning ishchi guruhi filialning ushbu soha bo’yicha etakchi mutaxassislari, professor-o’qituvchilardan tarkib topadi;
Bo’lim ma’naviy-axloqiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari boshchiligida faoliyat olib boradi;
O’z faoliyatini yo’lga qo’yishda bo’lim fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari kafedra ham guruh raharlari bilan birgalikda ish olib boradi;
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining nizomi asosida ish olib boradi; joriy va kelajakdagi ish rejalariga asoslanib ish yuritadi.

Bo’limning maqsadi:

Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, har xil ommaviy madaniyat xurujlaridan avaylab-asrash, ularni bu yo’llardan qaytarish, Mustaqil O’zbekistonning haqiqiy fidoyisi bo’lib kamol topishini shakllantirishdan iborat.

Bo’limning vazifalari:

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bog’liq chora-tadbirlarni o’tkazish;

Talaba-yoshlar orasida ma’naviy-axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, olijanoblik fazilatlarini shakllantirishni yo’lga qo’yish;

Milliy urf-odatlar, qadriyatlar asosida olib borilayotgan anjumanlar, uchrashuvlar tashkil qilish

Talabalarning ruhiy va jismoniy qobiliyatini shakllantirish maqsadida olib boriladigan ishlarni shakllantirishga ko’maklashish;

Filialda ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini belgilash, ularga zarur normativ hujjatlar ham tavsiyalar ishlab chiqish;

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo’limlari hamda mamlakatimizda xizmat ko’rsatib kelayotgan fondlar, ijtimoiy tashkilotlar bilan birgalikda ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish.

Bo’limning huquqlari:

Fakultetlardagi ma’naviy-axloqiy ishlarni nazorat qilish;

Ma’naviy-axloqiy ishlarga bog’liq vazirlik buyruqlari ham ko’rsatmalarni fakultetlardagi bajarilishini tekshirish;

Dekanning ma’naviy-axloqiy ishlari bo’yicha o’rinbosarlarini saylash, hamda vazifalardan ozod qilishga bog’liq yig’ilishlarda doimiy ravishda o’z tavsiyalari bilan qatnashadi;

Ma’naviy-axloqiy masalalar bo’yicha fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga ko’rsatmalar, tavsiyalar beradi;

Professor-o’qituvchilarning yillik o’quv yuklamalarida «Ma’naviy-ma’rifiy ishlari» sohasiga tegishli bandiga to’liq bajarilishini nazorat qiladi va uni baholaydi;

Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha dekan o’rinbosarlari olib boradigan ishlar bo’yicha har semestr yakunida bo’lim boshlig’iga hisobot beradi;

Ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish, yaxshi namuna ko’rsatgan bo’lim, fakultet, kafedra jamoatini moddiy va ma’naviy rag’batlantirishga tavsiyalar beradi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi Uslubchi
Artikbaeva Nargiza Baxit kizi
tel: (93) 879-21-22
E-mail:__________________________

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi ish yurituvchi
Daryabaeva Gulayım Kuanıshbay kizi
tel: _________________
E-mail:__________________________

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi ish yurituvchi
Arzimbetov Baxauatdin Allambergen uǵlı
tel: (91) 097-39-39
E-mail:__________________________