Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda «O’zbekiston – yagona uyimiz!» nomli do’stlik festivali bo’lib o’tdi

 O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Bobolarimizning boy me’rosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyatga tayanamiz» shiori ostida  «O’zbekiston – yagona uyimiz!» nomli do’stlik festivali bo’lib o’tdi.

 Tadbirni filial direktori, professor B.Erimbetov kirish so’zi bilan ochib berdi.

 So’zga chiqqan Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputati Q.Qalqorazov, shahar ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig’i Q.Nuratdinov, Nukus shahar Allahberdi Aziz jome masjidi imom noibi I. Kopabayev va ustoz nuroniy B.Sultonovlar mamlakatimizda ahil-inoq yashayotgan 130 dan ortiq  turli millat vakillarining yurtimiz yurtimiz rivoji yo’lida qo’shayotgan hissasi, ularning tili, millati, dini va irqiga qaramasdan teng huquqli ekanligi to’g’risida keng ma’lumot berdi.

 Festivalda turkman, koreys, qozoq, rus va ukrain milliy madaniy markazi a’zolari, filial professor-o’qituvchilari va talabalar tomonidan turli millat vakillarining milliy ko’rgazmasi tashkil etildi.

 So’ng turli millat vakillarini bir joyga jamlagan festival qoraqalpoq estrada yulduzlari va filial talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

 Festivalning ko’tarinki ruhda o’tishiga hissa qo’shgan milliy madaniy markaz a’zolariga filial tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Filial Matbuot xizmati.