Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi

Ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi

2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz (https://my.edu.uz/) orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

▪️Bunda nomzodlar platformada:

  • oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
  • diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
  • hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

    Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitet Nukus filialida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha hujjatlar qabul qilinadi:

 

Kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida:

  • Sport faoliyati: basketbol
  • Sport faoliyati: boks
  • Sport faoliyati: voleybol
  • Sport faoliyati: velosport
  • Sport faoliyati: suzish
  • Sport faoliyati: yengil atletika
  • Sport faoliyati: qo’l to’pi
  • Sport faoliyati: qilichbozlik
  • Sport faoliyati: og’ir atletika
  • Sport faoliyati: eshkak eshish
  • Sport faoliyati: futbol
  • Sport faoliyati: badiiy gimnastika
  • Sport faoliyati: dzyu-do
  • Sport faoliyati: erkin kurash
  • Sport faoliyati: kurash
  • Sport faoliyati: badminton
  • Sport faoliyati: yunon-rum kurashi
  • Sport faoliyati: shaxmat.

Filial Matbuot xizmati.