Oylik doirasida marafon tashkil etildi

Fevral oyi respublikamizda «Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik moddalarining tarqalishiga qarshi kurashish» oyligi deb e’lon qilingan edi.

Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik moddalarining tarqalishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari o‘rtasida «Do‘stlik» kanali bo‘ylab marafon tashkil etildi.

Marafonda sovrinli o‘rinlarni egallagan talabalar filial ma’muriyati tomonidan tayyorlangan Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Filial Matbuot xizmati.