Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

«Qizlarjon» klubi a’zolari kelgusi rejalar haqida fikrlashdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi U.Kalillaeva rahbarligida «Ilmli, ma’rifatli qizlar – davlat tayanchi, millat tarbiyachisi» shiori ostida olima ayollarning «Qizlarjon» klubi a’zolari bilan suhbat tashkil etildi.

Unda «Qizlarjon» klubi a’zolari bilan keyingi bo‘lib o‘tadigan masalalar, tadbirlarni tashkil etish haqida suhbatlashdi. Muloqot davomida ular kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan o‘zaro kelishib oldilar.

Filialda «Qizlarjon» klubi a’zolari faoliyati muntazam ravishda amalga oshirib borilmoqda.

Filial Matbuot xizmati.