Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial talabalari o‘rtasida interaktiv trening o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining o‘zaro hamkorligi doirasida «Psixologik sog‘lom turmush tarzi» mavzusida ochiq osmon ostida interaktiv trening tashkil etildi.
Treningning maqsadi – talaba-yoshlarning psixologik salomatligini mustahkamlash, stress holatlarini yengib o‘tish, emotsiyalarni boshqarish, o‘zaro ishonch va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida talabalar filial psixologlari A.Alliyarova va A.Yusupovalardan guruh mashg‘ulotlari va interaktiv topshiriqlar orqali o‘zaro fikr almashdi, do‘stlik aloqalarini mustahkamlab, bir-birini qo‘llab-quvvatlash va jamoa bo‘lib ishlash bo‘yicha tajriba to‘pladi.

Filial matbuot xizmati.