Olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini ko’zdan kechirdi
O’zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi Olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i R.Matkarimov O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida bo’lib yangi 2023/2024-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini ko’zdan kechirdi. O‘quv xonalarni dars mashg‘ulotlariga hozirlash masalalari, olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur topshiriqlar bеrdi. Filial Matbuot kotibi.