Shrift ólshemi

Kórinis

ÓZBEKSTAN MÁMLEKETLIK DENE TÁRBIYASÍ HÁM SPORT UNIVERSITETI NÓKIS FILIALÍ
ÓZBEKSTAN MÁMLEKETLIK
DENE TÁRBIYASÍ HÁM SPORT
UNIVERSITETI NÓKIS FILIALÍ

Bayram tabrigi

Aziz yoshlar!

Bugungi kunda filialimiz talabalarining turli jabhalarda faoliyat yuritib kelayotganligi va ularning ulkan natijalarga erishayotganligi, albatta, bizni quvontiradi.

Kuni kecha davlatimiz rahbari Yoshlar kuni arafasida bir guruh yoshlar bilan uchrashuvida yoshlarimiz uchun yanada keng imkoniyatlarni yaratish uchun ko‘plab yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Bunga javoban filialimizning har bir talabasi yoshlarning orzu-intilishlari, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida Muhtaram Prezidentimiz boshlagan xayrli ishlarga o‘zlarining chuqur bilim va salohiyati, intilishlari bilan labbay deya javob berishi zarur.

Hurmatli talabalar! 

Ishonchim komilki, Sizlar o’zbek sportida yangi sahifalarni ochib, , jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar bo‘lasiz. Sizlarni “Yoshlar kuni” bilan samimiy qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.

Hurmat bilan filial direktori, professor B. Erimbetov