To‘garak a’zolari o‘zaro kubok uchun bellashdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Nukus tumanidagi 19-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda ushbu maktabda tashkil etilgan Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Sh.Ibragimova to‘garagida shug‘ullanuvchi qizlar o‘rtasida sportning badiiy gimnastika turidan maktab direktorining kubogini o‘tkazdi.
Musobaqada «Parij-2024» yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, filial bitiruvchisi Sh.Ibragimova to‘garagiga qatnashuvchi badiiy gimnastikachi qizlar ishtirok etdi.
Bir-biridan qiziqarli va mazmunli o‘tgan musobaqa yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan kubok va Diplom bilan taqdirlandi.
Filial Matbuot xizmati.