Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

“Oila – muqaddas dargoh” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida bugun, 21 yanvar kuni “Oila – muqaddas dargoh” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi B.Allambergenova, Axborot-resurs markazi rahbari K.Toreshova va filial professor-o‘qituvchisi U.Kalilayeva yoshlarni hayotga tayyorlashning asosiy tamoyillari, psixologik jihatlari, yangi muhitga moslashish, erta nikoh va ajralishlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oila mustahkamligi va bola tarbiyasi, shuningdek, oila psixologiyasi haqida tushunchalar berdi.

Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Filial Matbuot xizmati.