«Direktor kubogi» uchun sportning «Streetball» turidan musobaqa bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr kuni «Sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish to‘g‘risida»gi PF-6099-sonli Farmoni qabul qilingan edi.

Ushbu Farmon asosida 2025 yilning may oyi «Sport oyligi» deb e’lon qilindi va ushbu oylik doirasida «Sportchi – el himoyachisi» shiori bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida «Direktor kubogi» uchun sportning «Streetball» turidan musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada filialda tahsil olayotgan jami talabalar orasidan jami 4 ta jamoa ishtirok etdi.

Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida g‘olib jamoa a’zolari aniqlandi va ular tashkilotchilar tomonidan Diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Filial Matbuot xizmati.