Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi

Ramankulov Nurjan Aljanovich

Telefon:  +99899 957-30-25

E-mail:  ramankulovnurjan4@gmail.com

 Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, vazirlik buyruqlariga va hay’ati  qarorlariga, Nizomga, Filialning ichki buyruqlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

 Bo‘lim korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini  bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik  hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini ko‘rishga mas’uldir.

 Bo‘limning asosiy maqsadi, vazifalari va funksiyalari:

 Bo‘limning asosiy maqsadi Filialda korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy hatti harakatlar sodir etilishini oldini olish,  Filial xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, Filialda korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xujjatlar ijrosini ta’minlashdan iborat.

 Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarini amalga oshiradi:

      a)Filialning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish sohasida:

      b) Filialda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish sohasida:

     v) Filialda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilish sohasida:

     g) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish sohasida:

Bo‘limning huquq va majburiyatlari:

 Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

 Bo‘lim Filialda o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun vakolati doirasida taxliliy materiallarni, xulosalarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish, xizmat majburiyatlarini bajarish doirasida Filial xodimlaridan zarur yordam so‘rash va olish, zarur xollarda ishchi guruhlar tashkil etish;

 Filial markaziy apparati kengashining majlislari hamda Hay’at yig‘ilishlarida ishtirok etish;

 Filial xodimlari faoliyatida aniqlangan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar yuzasidan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish;

 Filial rahbariyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar     kiritish;

 O‘z faoliyati doirasida Filial tizimiga yozma ko‘rsatmalar, topshiriq xatlari va tavsiyalar berish;

 Tekshiruv o‘tkazish, xujjatlarni talab qilish, xodimlardan yozma tushintirishlar olish;

 Bo‘lim qonunchilik xujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin;

Bo‘lim o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi majburiyatlarga ega:

 Qonunchilik xujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish va o‘z vakolat doirasidan chetga chiqmaslik;

 Filialda jinoyat alomatalari, xususan korrupsiya holatlari aniqlanganligi tug‘risida zudlik bilan tug‘ridan-tug‘ri rahbariyatga va boshqa huquqni muhofazaa qiluvchi organlarga  xabar berish;

 Filialning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-axloq qoidalarining korrupsiyaga oid qismining buzilganligi fakti yuzasidan rahbarga ma’lumotnomalar kiritish;

 Bo‘lim qonunchilik xujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.