Filialda talabalar ishtirokida adabiy kecha o‘tkazildi

Talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ularni kitobxonlikka keng jalb etish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Axborot resurs markazining «Kitobxonlar to‘garagi» a’zolari ishtirokida «Kitobxonlar millat» loyihasi asosida adabiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda Axborot-resurs markazi rahbari K.Toreshova va Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Menglimuratovlar kitobning inson hayotidagi ahamiyati haqida ishtirokchilarga keng ma’lumotlar berib o‘tdilar.
So‘ng Axborot resurs markazi mutaxassisi G.Sadatdinova tomonidan shu yo‘nalishda tayyorlangan slayd talabalar e’tiboriga havola etildi va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishtirildi.
Iloj doirasida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Filial Matbuot xizmati.