Filial talabalari ham Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining Osiyo bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritib, o‘zlarining salmoqli hissasini qo‘shdi

Joriy yilning 17-28 noyabr kunlari Tailandda gandbol bo‘yicha U-19 qizlar o‘rtasida Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining Osiyo bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.
O‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi faxrli I o‘rinni egallab, 2026 yil o‘tkaziladigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «gandbol» mutaxassisligi 2-kurs talabalari Sarbinaz Saparbayeva va Dilfuza Ibragimovalar ham jamoaning g‘alabaga erishishida o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shdi.
Sportchilarimizni qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan filial mehnat jamoasi nomidan tabriklaymiz va oldinda o‘tkaziladigan musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Filial Matbuot xizmati.