Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Universitet rektori filialning ichki imkoniyatlari bilan tanishdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori xizmat safari bilan universitetning Nukus filialiga tashrif buyurdi.

Universitet rektori dastlab filialning ichki imkoniyatlari bilan tanishdi hamda filialning professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdar davlat stipendiyalari tanlovining g‘oliblari bo‘lgan talabalar bilan uchrashib, ularning fikr va takliflarini tingladi.

Uchrashuv davomida rektor davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan selektorda berilgan vazifalardan kelib chiqib filial faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdi va nomdar davlat stipendiya tanlovi g‘oliblariga sertifikatlarini tantanali ravishda topshirdi.

Shundan so‘ng rektor talabalarning dars jarayoni bilan tanishdi va ularga mamlakatimizda yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi, ilm bilan shug‘ullanishi, ayniqsa, xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.

Filial Matbuot xizmati.