Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Yong’in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan targ’ibot tadbiri o’tkazildi

 Professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarga is gazidan zaxarlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashi natijasida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan yong’inlar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida soha mutaxassislari ishtirokida targ’ibot tadbiri tashkil etildi.

 Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo’lim boshlig’i, mayor J.Pirjanov, Nukus shahar favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i o’rinbosari S.Berdekeev va malakali mutaxassislar ishtirok etishdi.

 

 Tadbir davomida yong’in xavfsizligi xodimlari tomonidan qo’llaniladigan uskunlar va vositalar to’g’risida ma’lumot berildi. Shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan ijarada yashovchi talabalarning sharoitlari o’rganildi va yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilish yuzasidan tushunchalar berildi.

Filial Matbuot xizmat.