Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Ogohlik davr talabi!

Talaba yoshlar o‘rtasida kiber xavfsizlikni ta’minlash va kiber jinoyatlarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV tezkor operativ qidiruv xizmati kiber xavfsizlik bo‘limi mutaxassisi J.Qdirbayev tomonidan talaba yoshlarga ijtimoiy tarmoqlardan olgan yolg‘on xabarlarga ishonib, boylik orttirish, mol-mulk egasi yoki merosxo‘r bo‘lish va katta mablag‘ egasiga aylanish niyatida fuqarolarimiz firibgarlarga o‘z shaxsiy ma’lumotlarini taqdim qilishi oqibatida jinoyatga sherik bo‘lib qolishi yoki firibgarlik qurboniga aylanishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Talabalar mutaxassislardan o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmat.