Filialda «Direktor va talabalar ochiq muloqoti» o’tkazildi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘ZBEKISTON — 2030” strategiyasi to’g’risida»gi PF-158-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Direktor va talabalar ochiq muloqoti» tashkil etildi.
Tadbirni filial direktori, professor B.Erimbetov ochib berdi va olib bordi. Filial direktori o’z so’zida bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyat va yengilliklar to’g’risida aytib o’tdi va kuzgi semestr yakuni bo’yicha talabalarning fikr va takliflarini tingladi.
So’ng Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o’tkazilgan «START4REGION» ilmiy loyihalar tanlovida «Fencing VR» loyihasi bilan qatnashib g’olib bo’lgan N. Urazbayevaga filial administratsiyasi tomonidan tayyorlangan bir million so’mlik VAUCHER topshirildi.
Filial Matbuot xizmati.




