Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Direktor talabalarga mahorat darsini o’tdi

 Oliy talim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning bilim va ko’nikmalarini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor Bayrambay Erimbetov sport faoliyati «Kurash» ta’lim yo’nalishi talabalariga «Sport pedagogik mahoratini oshirish: kurash» fani bo’yicha mahorat darsini o’tdi.

 Mahorat darsini filial direktori dastlab har bir darsdan va mashg’ulotdan oldin ishlanishi lozim bo’lgan tanani qizdirish mashg’ulotlarini bajarishdan boshladi. So’ng talabalarga sport pedagogik mahoratini oshirish darsi davomida kurash sportining turli usullari haqida ma’lumotlar berdi.

 Shuning bilan birga professor Bayrambay Erimbetov talabalarga kurash sportining usullarini amalda qo’llab ko’rsatdi.

Filial Matbuot xızmati.