Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Filial direktori tomonidan ijarada yashovchi talabalarning xonadonlarida o’rganish ishlari olib borilmoqda

 Bugun, 13-mart kuni  filial direktori, professor B.Erimbetov  fakultet tyutorlari bilan birgalikda ijarada yashayotgan talabalarning shart-sharoitlarini o‘rganish maqsadida ijara uylarida bo‘ldilar.

 Tashrif davomida talabalarning yashash  sharoitlari ko‘zdan kechirilib, mavjud holatlar o‘rganildi.

 Xonadonlardagi isitish moslamalari talab darajasida ekanligini ko‘zdan kechirilib, gaz va elektr vositalaridan ehtiyotkorona foydalanish, is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Filial Matbuot xizmati.