Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

“O’zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

 O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida millatlararo bag’rikenglik va hamjixatlikni yanada mustahkamlash maqsadida “O’zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 Tadbir davomida talabalar tomonidan turli millat va elatlarga mansub kuy qo’shiqlar ijro etildi, urf-odatlar namoyish qilindi.   Shuning bilan birga har bir xalqning milliy taomlari namoyish qilinib, talabalar tomonidan ularning tayyorlanish usuli haqida ma’lumot berildi.

  Filialda bu kabi tadbirlar reja asosida doimiy tashkil etilmoqda.

Filial Matbuot xizmati.