Filial talabasi faxrli o‘rin sohibi bo‘ldi

Yurtimizda oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida Universiada sport musobaqalarini o‘tkazish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida «Universiada-2025» sport musobaqalarining kurash bo‘yicha final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari ham ishtirok etgan edi.
Ular orasida filial talabasi Ayzada Abilkasimova o‘z vazn toifasi bo‘yicha 3-o‘rin g‘olibi bo‘ldi va tashkilotchilar tomonidan Diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sportchilarni musobaqaga professor-o‘qituvchilardan K.Razaxov tayyorladi.
Filial Matbuot xizmati.