Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Ustozlarga hurmat ko‘rsatildi

1-oktyabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda filial direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘.Xo‘jametov so‘zga chiqib, yosh avlodning ma’naviy dunyosi boy, yuksak intellektual salohiyatga ega, komil insonlar bo‘lib kamol topishida fidokorona mehnat qilayotgan fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchi va murabbiylarning fidokorona mehnatlarini yuqori baholab, ularni bayram bilan samimiy tabrikladi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan bayram tadbirida ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishdagi fidoyiligi, o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasi, shuningdek, yosh mutaxassislar va talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Ustoz-shogird» an’analarini izchil davom ettirib kelayotganligi uchun bir qator professor-o‘qituvchilar filial direktorining hamda O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining Faxriy yorliqlari topshirildi.

 

Bayram qoraqalpoq san’ati xodimlari va filial talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

 

Filial Matbuot xizmati.