Qo‘l jangi bo‘yicha filial birinchiligi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Besh tashabbus koordinatori tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha filial birinchiligi o‘tkazildi.
Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish. Ularni sportga qiziqtirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan musobaqa qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Filial Matbuot xizmati.