Psixologik trening va master klass yaxshi taassurotlar qoldirdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Tabassum detki konfetki» nodavlat ta’lim muassasasi xodimlari o‘rtasida seminar-treninglar, jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro shartnoma tuzgan edi.
Ushbu ikki tomonlama tuzilgan shartnoma asosida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Jismoniy tarbiya nazariyasi va gumanitar fanlar» kafedrasi professor-o‘qituvchilari «Tabassum detki konfetki» nodavlat ta’lim muassasasi xodimlariga psixologik trening, tarbiyalanuvchilariga badiiy gimnastika bo‘yicha master klass o‘tkazdi.
Filial professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan psixologik trening va mahorat darsi ta’lim muassasasi xodimlari va tarbiyalanuvchilarida yaxshi taassurot qoldirdi.
Filial Matbuot xizmati.