Filialning «Qalqon» jamoatchilik guruhi a’zolari 2-o‘rinni egalladi

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, talabalarning ma’naviy va jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi va Shimoliy-G‘arbiy harbiy okrugi bilan hamkorlikda oliy o‘quv yurtlaridagi «Qalqon» jamoatchilik guruhi a’zolari o‘rtasida «Ittifoq kubogi» harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Qalqon» jamoatchilik guruhi a’zolari ham ishtirok etdi.

Belgilangan shartlar asosida qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida filial jamoasi faxrli 2-o‘rinni egalladi hamda tashkilotchilar tomonidan Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.