Amaliyotchilarning amaliyot jarayonidan ma’lumotlar

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining maxsus buyrug‘i asosida 2026-2027 o‘quv yili rejasiga muvofiq kunduzgi bo‘lim badiiy gimnastika ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabalariga joriy yilning 14-sentyabr sanasidan boshlab o‘quv amaliyotini Respublika gimnastika sport turlariga tayyorlash markazida o‘tishga ruxsat berilgan edi.

Filial talabalari amaliyot davomida joriy yilning 2-3-oktyabr kunlari oralig‘ida sportning badiiy gimnastika turidan bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston ochiq chempionatida biriktirilgan murabbiylariga yordam berdi va musobaqani tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi bo‘yicha nazariy olgan bilimlarini amaliyotda takomillashtirdi.

Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, gimnastika ixtisosligining 4-kurs talabasi M.Xo‘jambergenova musobaqada bosh kotib bo‘ldi.

Filial Matbuot xizmati.