«Tinchlik – eng oliy ne’mat» va «Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!» mavzularida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida talaba-yoshlar ishtirokida «Tinchlik – eng oliy saodat» va «Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni filial direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘.Xo‘jametov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi N.Jamalov, Nukus shahridagi Al-Beruniy nomidagi Islom bilim yurti direktori o‘rinbosari Q.Mambetov va filialning profilaktika inspektori R.Ismayilovlar so‘zga chiqdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar tadbir ishtirokchilariga tinchlikning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati, yosh avlodni turli zararli g‘oyalar va buzg‘unchi mafkuralar ta’siridan himoya qilish, yovuzlikning oldini olishda qilinayotgan chora-tadbirlarga alohida to‘xtaldi.

Tadbir davomida talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi va qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javoblar berildi.
Filial Matbuot xizmati.