Talabalarga «Kelajakka qadam» dasturi haqida tushunchalar berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi «Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi maxsus qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining qaroriga asosan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni filial direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari B.Utemuratov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G‘.Esnazarov tomonidan mamlakatimizda «Kelajakka qadam» dasturi asosida bitiruvchi kurs talabalarining bandligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularga o‘z biznes rejalarini boshlashlari uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlar va bu borada yoshlarga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumotlar berildi.

Talabalar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldi.
Filial Matbuot xizmati.