Talabalar sport maktablarida o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda

Filial talabalari professor-o‘qituvchilardan yaxshi ta’lim olgani va yaxshi yutuqlarga erishgani uchun yuqori kurs davridan boshlab respublikamizdagi sport maktablariga doimiy ish o‘rinlariga joylashmoqda.
Buning yorqin misoli sifatida O‘zbekiston chempioni, Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi, «Velosport» mutaxassisligi 4-studenti Durdona Akmanovani qayd etish mumkin. U hozirgi kunda talaba bo‘lish bilan birga Nukus tumani sport maktabida sportning velosport turidan sportga mehr qo‘ygan yoshlarga murabbiy-o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelmoqda. Durdona ustozlaridan olgan bilimlarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llamoqda. Xususan, tuman sport maktabida 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan «Prezident Olimpiadasi» va «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida sportning velosport turi bo‘yicha filialning «Velosport» mutaxassisligining 4-kurs talabasi, O‘zbekiston chempioni Guldana Baxbergenova bilan hamkorlikda o‘zi ishlayotgan sport maktabida o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
Yuqori darajada tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot jarayonida sportchilarga musobaqaga qanday tayyorlanish kerak, musobaqa oldi tayyorgarliklari va musobaqa vaqtida o‘zini qanday tutish kerakligi haqida tushunchalar berildi.
Filial Matbuot xizmati.