Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Kiberjinoyatchilikning oldini olishga bag‘ishlangan uchrashuv

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida talaba-yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikning oldini olish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirish maqsadida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikning salbiy oqibatlari, internet makonida uchrashi mumkin bo‘lgan turli tahdidlar, firibgarlik holatlaridan himoyalanish hamda shaxsiy ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish masalalari haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga noma’lum havolalarni ochmaslik, begona shaxslarga shaxsiy ma’lumotlar va bank karta rekvizitlarini bermaslik, ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali xabar va takliflarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilish har bir internet foydalanuvchisining muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.

Filial Matbuot xizmati.