Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Marketing

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Marketing va talabalar amalyoti bo’limi bosh mutaxasisi

Jaliyev Hasilbek Abdiwaliyevich

Telefon: (+99897) 649-29-22

Elektron pochta: hasilbek1998@gmail.com

 

 

MARKETING VA TALABALAR  A’MALYOTI BO`LIMINING FAOLIYATI

 

  • Bo`limning asosiy vazifalari ta`lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini uzluksiz amalga oshirib, ta`lim xizmatlariga qo`yilgan, ya`ni bakalavriat yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha bitiruvchilarning kasbiy mahoratini o`rganish hamda ularning ish beruvchilar (iste`molchilar) talablariga muvofiqligini aniqlash.
  • O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-2006 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasi Oliy o`quv yurtlariga qabul qilish bo`yicha 2005-yil 2-iyuldagi PQ-92 sonli qaroriga muvofiq barcha bakalavr ta`lim yo`nalishi magistratura mutaxassisliklari bo`yicha davlat grant asosida bilim olgan OO`YU bitiruvchilarining eng kamida 3 yil ish ishlab berish sharti bilan o`quv yurtiga korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirish bo`yicha vazifalarini o`z vaqtida bajarish va nazorat qilish.
  • Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlarida bakalavriat yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha raqobatli ta`lim xizmatlarining paydo bo`lishiga olib kelishi mumkin bo`lgan xizmatlar bozori kon`yukturasining o`zgarishini tahlil qilish hamda yangicha rivojlanish yo`nalishlarini belgilash.
  • Bakalavriat yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha ta`lim xizmatlari bozori va kon`yukturasiga ta`sir ko`rsatuvchi turli xil omillar o`rtasidagi o`zaro aloqalarni tahlil qilish asosida bitiruvchilarni oldindan ishga taqsimlash tizimini tashkil qilish va amalga oshirish.
  • Talabalar qabuli ko`rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar)ning mavjud ta`lim (tayyorlov) yo`nalishlari yoki mutaxassisliklarga bo`lgan talablari (buyurtmalari)ni hisobga olgan holda davlat grantlari va to`lov-kontrakt bo`yicha joriy va istiqbolli «buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish.
  • Filial bitiruvchilarini ish o`rinlariga joylashtirish bo`yicha komissiya tuzish, joylashtirish komissiyasi tomonidan ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo`lgan real talabiga muvofiq bitiruvchilarni ishga joylashtirish rejasini (dastlabki aniqlangan) ishlab chiqish va yakunlovchi joylashtirishni o`tkazish, ularning natijasi bo`yicha bitiruvchilarni yakka joylashtirish tizimini tuzish va umumiylashtirish.
  • Yangi o`quv yili qabul rejasining bajarilishi (davlat grantlari va to`lov-kontrakt bo`yicha qabul rejasi, tushgan arizalar, konkurs, qabul qilingan talabalar soni, ularning kurslar, ta`lim yo`nalishlari (mutaxassisliklar) bo`yicha taqsimlanishi, o`qitish tillari va h.k.) haqida ma`lumotlar bankini yaratish.
  • Yangi o`quv yilida davlat grantlari asosida qabul qilingan talabalar bilan oliy ta`lim muassasasi o`rtasida o`qishni tugatgandan so`ng ishga taqsimlangan joyida 3 yil ishlab berishi to`g`risida ikki tomonlama shartnomalar tuzish.
  • Bakalavriat yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha talabalarning kasbiy mahoratini oshirish va bitiruvchilarni ishga taqsimlash borasida oliy ta`lim muassasasining tegishli bo`linmalari (turli ilmiy-uslubiy kengashlar, ilmiy, o`quv-uslubiy bo`linmalar, fakul`tetlar, kafedralar va h.k.) bilan hamkorlik qilish, ular tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va baholashda ishtirok etish, umumiy marketing siyosatini amalga oshirishda barcha tegishli bo`linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
  • Ta`lim xizmatlari xalqaro bozori bo`yicha marketing izlanishlarini olib borish va tahliliy xulosalar tayyorlash.
  • Filialda tayyorlanayotgan oliy ma`lumotli kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning talabini fakul`tetlar, kafedralar va rektorat bilan o`rganib chiqqan holda ma`lumotlar bazasini shakllantirish;
  • Mehnat bozori konyukturasini o`rganish, qabul qilish ko`rsatkichlarini taklif qilish, foydalanuvchilarning bitiruvchilariga bo`lgan real buyurtmasi asosida shakllantirish, talabalar kontingenti, bitiruvchilarning ish o`rinlari haqidagi ma`lumotlar bazasini shakllantirish va o`z vaqtida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taklif qilish, davlat granti asosida qabul qilingan bakalavrlar va magistrlar bilan o`qishni bitirgandan keyin ta`lim muassasalarida yoki korxonalarda kamida 3 yil ishlab berish haqida shartnoma tuzish (1 oy muddat ichida) bitiruvchilarning xohishini inobatga olgan holda davlat granti asosida bitirgan yosh mutaxassislarni respublikamizning iqtisodiy tarmoqlarida samarali foydalanish uchun ularni o`z vaqtida ish bilan ta`minlanishiga ko`maklashish;
  • Bitiruvchilarga ish o`rni haqida ma`lumot berish, mehnat yarmarkalarini o`tkazishni tashkillashtirish (administratsiya yordamida);
  • Bitiruvchilarining ishga joylashganligi haqidagi ma`lumotlarini tayyorlash