Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Filial tarixi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etadigan yoshlarni tayyorlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-noyabr kungi “O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialini tashkil etish to’g’risida”gi qarori asosida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialini tashkil etildi.

 

Birinchi bo’lib filialga tarix fanlari nomzodi, dotsent Mambetov Bayram Jaqsimuratovich direktor etib tayinlangan.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktorning birinchi o’rinbosari pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent Nurishov Darmenbay Esnazarovich, O’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari tarix fanlari nomzodi Utemuratov Baxram Bekmuratovich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha o’rinbosari pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Aytimbetov Maxsetbay Ziynatdinovichlar tayinlandi.

Filialning asosiy vazifalari etib sport faoliyati, jismoniy tarbiya va sport menejmenti, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport, psixologiya (sport) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash;

xizmatlar va sog‘lomlashtirish tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilg‘or xorijiy tajribadan foydalangan holda sport sohasiga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish va ishlanmalarni amalga oshirish;

o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish belgilandi.

Eng dastlab filialda “Sport turlari” fakulteti tashkil etildi.

2018-2019-o’quv yilida sport turlari bo’yicha;

 

o       voleybol,

o       basketbol,

o       dzyudo,

o       erkin kurash,

o       maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport,

o       badiiy gimnastika,

o       eshkak eshish,

 

bakalavrlar tayorlash kunduzgi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha jami 50 nafar talaba bilan o’z faoliyatini boshlagan.

2019-2020-o’quv yilida sport turlari bo’yicha ;

 

o       voleybol,

o       basketbol,

o       dzyudo,

o       erkin kurash,

o       maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport,

o       badiiy gimnastika,

o      eshkak eshish,

o      psixologiya (sport)

 

 kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi ta’lim yo’nalishlariga jami 202 nafar abiturient talabalikga qabul qilindi.

 2020 -2021-o’quv yilida sport turlari bo’yicha;

 

 o      voleybol,

 o      boks,

 o      dzyudo,

 o      erkin kurash,

 o      maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport,

 o       badiiy gimnastika,

 o      eshkak eshish,

 o      psixologiya (sport)

 o      suzish,

 o      kurash,

 o      futbol,

 o      basketbol

 

 kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi ta’lim yo’nalishlariga jami 322 nafar abiturient talabalikga qabul qilindi.

 2021-2022- o’quv yilida sport turlari bo’yicha;

 

 o      voleybol,

 o      boks,

 o      dzyudo,

 o      erkin kurash,

 o      maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport,

 o       badiiy gimnastika,

 o      eshkak eshish,

 o      psixologiya (sport)

 o      suzish,

 o      kurash,

 o      futbol,

 o      basketbol

 o      yengil atletika,

 o      qo’l topi,

 o      og’ir atletika,

 o      yunon-rum kurashi,

 o      shaxmat,

 

kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi ta’lim yo’nalishlariga jami 322 nafar abiturient talabalikga qabul qilindi.

 2022-2023– o’quv yilida sport turlari bo’yicha;

 

 o      voleybol,

 o      boks,

 o      dzyudo,

 o      erkin kurash,

 o      maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport,

 o       badiiy gimnastika,

 o      eshkak eshish,

 o      psixologiya (sport)

 o      suzish,

 o      kurash,

 o      futbol,

 o      basketbol

 o      yengil atletika,

 o      qo’l topi,

 o      og’ir atletika,

 o      yunon-rum kurashi,

 o      shaxmat,

 o      velosport

 o      qilichbozlik

 o      badminton

 

kunduzgi ta’lim yo’nalishlariga jami 368 abiturient talabalikke qabul qilildi.

         2022-2023-o’qish yilinda filialda kunduzgi ta’limda 799, sirtqi ta’limda 370 va maxsus sirtqi ta’lim yo’nalishinda 59 jami 1 228 talaba bilim olmoqda.

         2023-2024- o’quv yilida sport turlari bo’yicha;

 

 o      voleybol,

 o      boks,

 o      dzyudo,

 o      erkin kurash,

 o      badiiy gimnastika,

 o      eshkak eshish,

 o      suzish,

 o      kurash,

 o      futbol,

 o      basketbol,

 o      yengil atletika,

 o      qol topi,

 o      ogıir atletika,

 o      yunon-rum kurashi,

 o      shaxmat,

 o      velosport

 o      qilichbozlik

 o      badminton

 

 kunduzgi ta’lim yo’nalishlariga jami 257 nafar abiturient talabalikka qabul qilindi.

         2023-2024-o’quv yilida filialda kunduzgi ta’lim shaklida 545 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 517 nafar, jami 1 062 nafar talaba taılim olmoqda.

         O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali 540 o’rinlik o’quv binosiga, “Turon” stadioniga, Axborot-resurs markazi, elektron kutubxona https://t.me/el_kitapxana va “Raqamli texnologiyalar” markazlari faoliyat yuritmoqda.

         Bugungi kunda filialda “Sport turlari” fakulteti, “Jismoniy tarbiya nazariyasi va gumanitar fanlar”, “Yakka-kurash va tabiiy fanlar” va “Sport o’yinlari” kafedralari mavjud. Shuningdek talabalar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida “Orol” sport klubi tashkil etilgan.

         O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialiga 2023-yil 6-sentyabr sanasidan boshlab pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori, professor Erimbetov Bayrambay Karlibaevich direktor etib tayinlandi.

        O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi o’rinbosari dotsent Xaydarov Rustam Maratovich 2023-yil 6-sentyabr kuni lavozimga tayinlandi.

        Bugungi kunga qadar filialda ta’lim olayotgan talabalar orasidan 14 nafar jahon, 21 nafar Osiyo, 150 dan ziyod O’zbekiston chempionlari yetishib chiqdi. Bir nafar talaba “Jasorat” va “Shuxrat” medali bilan besh talabamiz “Umid uchquni” ko’krak belgisi bilan mukofotlandi. 6 nafar talaba Xalqaro sport ustasi, 22 nafar talaba “O’zbekiston sport ustasi” sport darajalariga ega.

         Hozirgi kunda filialda 1 nafar fan nomzodi (PhD), professor ilmiy darajasiga ega, 3 nafar fan nomzodi dotsent ilmiy darajasiga ega, 9 nafar fan nomzodi (PhD) va 2 nafar ilmiy darajasiz dotsentlar bor.