Yakka kurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi
“Yakka kurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari, O‘zbeksdan Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, Vazirlar Maxkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorg’i Kengashi va Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligining oliy o’quv yurtlarining faoliyatin yanada takomillashtirish bo’yicha qabul qilingan farmon, qaror va farmoyishlari, shu jumladan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori va filial direktorining farmoyishlari hamda Ilmiy Kengash qarorlari asosida o’z faoliyatin olib barmoqta. Kafedra o‘z faoliyatini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktorining 2021 yil 20-sentabrdagi maxsus buyrug’i bilan “Yakka kurash va tabiiy fanlar” nomi o‘z faoliyatini boshladi. Ayni vaqtda kafedraga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Toylibaev Sultanbek Muxidovich rahbarlik qilib kelmoqda.
“Yakka kurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasida 2025-2026 o‘quv yilida jami 24 professor-o‘qituvchilarimiz talaba yoshlarga sifatli ta’lim berib kelmoqdalar. Kafedrada ilmiy daraja, ilmiy unvonga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar soni 8 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, kafedrada sportning qilichbozlik turi bo‘yicha xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi Sh.Mamutov, Qoraqalpog’iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar treneri M.Kazaev, sport ustalari Dj.Sultamuratov, N.Berdaxova hamda A.Alimbetovalar pedagogik faoliyatini olib bormoqdalar. Pedagogik faoliyatdan tashqari, kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadaqiqot ishlarida ham faoldir.
Kafedra professor-o‘qituvchilari talaba-yoshlarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga o‘zlarining ilmiy-tadaqiqot va uslubiy ishlarini ham samarodorlik bilan olib barmoqda. S.Toylibaevning qoraqalpoq tilida tayyorlangan “Dene tárbiyası teoriyası hám metodikası” nomidagi darsligi, “Sport shınıǵıwlarınıń teoriyalıq tiykarları” nomli o‘quv qo‘llanmasi, Xudayorov Doniyor Davlatyor o‘g‘li, Alxamov Mansur Rustamovich qoraqalpoq tilidagi “Tańlanǵan sport túri boyınsha qánigelikke kirisiw (Kurash)” darsligi, Erimbetov Bayrambay Karlıbaevich, Sultamuratov Djumamurat, Qadirbaev Bayramlarning qoraqalpoq tilidagi “Tańlanǵan sport túri teoriyası hám metodikası (Dzyudo)” darsligi, Ilov Arslan Nurovich, Sultamuratov Djumamurat, Kadirbaev Bayrambay Jaksibayevich, Xudayorov Doniyor Davlatyor o‘g‘lining qoraqalpoq tilidagi “Tańlanǵan sport túrinde rejelestiriw hám tóreshilik iskerligi (Dzyudo)” darsligi, Yakupbaev Alisher Alimbaevichning qoraqalpoq tilidagi “Erkin gúres teoriyası hám metodikası” o‘quv qo‘llanmasi, Razaxov Kópbergen Dauletbaevichning qoraqalpoq tilidagi “Kurash teoriyası hám metodikası” darsligi, Jarilkapov Ulugbek Baxadirovichning qoraqalpoq tilidagi “Tańlanǵan sport túri boyınsha qánigelikke kirisiw (erkin gures)” darsligi, Jarilkapov Ulugbek Baxadirovichning qoraqalpoq tilidagi “Tańlanǵan sport túri boyınsha qánigelikke kirisiw (grek-rim)” darsligi, Adilshaev Pamir Maxsetbaevichning qoraqalpoq tilidagi “Tańlanǵan sport túri teoriyası hám metodikası (Boks)” o‘quv qo‘llanmalari bosmadan chiqdi.