Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH BO’LIMI

Bo`lim boshlig`i: Ramazanov Medetbay Baxitbayevich

Telefon: +99897 353 55 72

E-mail: medetramazanov@inbox.ru

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  “Davlat oliy ta’lim muassasalarida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2023-yil 27-mart kungi 72-sonli buyrug‘ining 1-bandiga muvofiq qayta tashkil etilgan.

Bo‘limning asosiy maqsadi

Filial talabalari bilimlarining davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini o`rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, filial ichki attestatsiyadan o`tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo`yicha ta`lim sifatiga salbiy ta`sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko`rishdan iborat.

Bo`limning asosiy vazifalari:

      -ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta`lim standartlari (DTS), malaka talablari, o`quv rejalari va fan dasturlari, ishchi o`quv rejalar va fanning ishchi dasturlari bilan ta`minlanganligi hamda o`zaro muvofiqligini tahlil etish;

-filialda ta`lim jarayoni sifatini, uning o`quv adabiyotlari va o`quv-uslubiy materiallar bilan ta`minlanganlik darajasini o`rganish;

-talabalar bilimini baholash jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish;

-talabalar bilimini baholash jarayonlari va natijalarining xolisligi va shaffofligini o`rganish; 

-talabalar bilimini tanlanma asosida aniqlash uchun qo`shimcha ravishda nazorat ishlarini o`tkazish (mazkur nazorat natijasi talabaning o`zlashtirish ko`rsatkichida aks etmaydi), natijalarni tahlil qilish, ta`lim sifatiga ta`sir ko`rsatgan omillarni aniqlash jarayonlarini tashkillashtirish;

-filial dekanatlari tomonidan shakllantiriladigan dars jadvallarini optimallashtirishda ishtirok etish;

-har bir fan bo`yicha dars mashg‘ulotlarini tahlil qilish va filial direktoriga ma`lumotlar berib borish;

-talabalar davomati va professor-o`qituvchilarning darsga munosabatini monitoringini olib borish;

-baholash natijalari bo`yicha tahliliy ma`lumotlar tayyorlash va ularning natijalari yuzasidan filial kengashida hamda direktor oldi yig`ilishida hisobotlar berib borish;

-bitiruvchilarning bilim darajasini o`rganish maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari hujjatlari bilan tanishish;

-tashkiliy-huquqiy va metodik ko`rsatmalar asosida ta`lim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilishni tashkil etish;

-filialni ichki attestatsiyadan o`tkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, ta`lim sifatiga ta`sir etuvchi omillar to`g`risidagi ma`lumotlarni filial direktoriga hamda Oliy ta’lim, fan va innovaciyalar taqdim etish;

-ta`lim sifatini belgilovchi ko`rsatkichlarning holatini monitoring qilish, aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan filial direktoriga takliflar berish;

-ta`lim sifatini oshirish maqsadida professor-o`qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;

-filialning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo`lim, markaz) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo`nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o`tkazish, tahliliy ma`lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo`yicha filial rahbariyatiga takliflar kiritish;

-filial professor-o`qituvchilari tayanch ma`lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan o`tganligini yoki mos ixtisoslik bo`yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o`rganish va xulosalarni filial direktoriga ma`lum qilish;

-ta`lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo`yicha takliflar berish;

-filialda talabalar amaliyotining ta`lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olgan holda tashkil etilganligi va uning samarasini nazorat qilish;

-filial reytingini aniqlash, baholash, attestatsiya va ta`lim sifatini o`rganish bilan bog`liq jarayonlarda ishtirok etish;

-filialdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta`lim sifatini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o`qituvchi va kadrlar iste`molchilari o`rtasida ijtimoiy so`rovlar o`tkazish;

-filialdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta`lim sifatini o`rganish maqsadida professor-o`qituvchilar va kadrlar iste`molchilari o`rtasida o`tkaziladigan ijtimoiy so`rovlar jarayonida ishtirok etish, natijalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

-bitiruvchilarning ta’limni keyingi bosqichiga o`qishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qilishda ishtirok etish;

-respublika va xorijiy davlatlardagi ta`lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o`rganib borish va ularni ta`lim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

-filial reytingini xalqaro darajaga ko`tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta`lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uning ijrosini ta`minlashda faol ishtirok etish;

-filial tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta`lim sifatini oshirishga qaratilgan hamda o`quv seminarlari va treninglarni o`tkazish;

-filialda ichki jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo`yilgan vazifalar doirasida seminar mashg`ulotlarini muntazam ravishda o`tkazib borish;

-o`quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o`rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g`oyalar, ishlanma va texnologiyalarni kengaytirish yuzasidan takliflarni berib borish;

-filial Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo`lim tomonidan ta`lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o`rganish va monitoring natijalari to`g`risida ma`lumotlar berib borish; 

-ta`lim sifati holatini o`rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni filial rahbariyatiga taqdim etish.

Bosh mutaxassis: Menlimuratov Atabek Kamal o’g’li

   Telefon: +998 90 576 00 95

   E-mail:  melimuratovatabek@gmail.com

 

Bosh mutaxassis: Mambetnazarov Alisher Arislanbayevich

Telefon: +998 93 216 60 65

Email:  alishermambetnazarov@alisher.ru