Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Tyutor

 

Tyutor 

Orazımbetov Baxadır Jolmurzaevich

Telefon:(+99899) 355-23-70

Baxadir.orazimbetov@bk.ru

 

Tyutor 

Yuldasheva Maxsuda Norimmatovna

Telefon: (+99890) 652-73-07

Yuldoshevamaxsuda1983@g mail.com

 

Tyutor

Kosnazarov Alımbergen Kudaybergenovich

Telefon: (+99893) 488-42-41

Kosnazarov92@ inbox.ru

 

Tyutor 

Urazxanov Daulet Muratovich

Telefon: (+99891) 381-70-42
durazxanov@bk.ru

Tyutorning asosiy maqsadi

ta’lim va tarbiya jarayoni uyg‘unligini samarali tashkil etish;

talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish;

talabalarga ijtimoiy-ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatgan holda o‘zini yanada yaxshiroq anglash, o‘qish va hayotda to‘g‘ri qaror qabul qilish, tanlagan kasbiga muhabbatni oshirish;

ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, o‘quvchilar davomatini yaxshilash bilan bog‘liq masalalarda Jamoat kengashi va mahallaning o‘rnini kuchaytirish.

talabalarning dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirib borishini tahlil qilish
va darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash;

ularning ijtimoiy (oilaviy) holatidan doimiy xabardor bo‘lishdan iborat.

Tyutorning asosiy vazifalari

ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni, majburiyati, mas’uliyati
va farzandlar bilan o‘zaro munosabatlarini mustahkamlashga ko‘maklashish;

ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya sifatini o‘rganish va ularni yanada takomillashtirishga oid tadbirlarni amalga oshirish;

oila, mahalla, ta’lim muassasasi hamkorligini yanada kuchaytirishga doir uslubiy asoslarni yaratish;

talabalarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish, yuksak axloqiy fazilatlarni targ‘ib va tashviq etish, ularni Vatanga muhabbat, milliy qonunchiligimizga hurmat ruhida tarbiyalash;

besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan klub va to‘garaklarga talabalarni jalb qilish va ularning ushbu to‘garaklardagi faol ishtirokini amalda ta’minlash;

talabalarni darsdan bo‘sh vaqtlarda tanlov va sport to‘garaklariga jalb etish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;

nogironligi bo‘lgan, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va kam ta’minlangan talabalarga alohida g‘amxo‘rlik qilish va ularga tegishli tartibda ijtimoiy, ma’naviy va psixologik yordam berish choralarini ko‘rish;

iqtidorli talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalariga tavsiya etish;

talabaning axloqi, muomala madaniyati, yurish-turishini muntazam kuzatib borish;

o‘zlashtirish ko‘rsatgichi past hamda tarbiyasi og‘ir talabalar bilan tizimli ishlarni olib borish;

talabalarning darslarga qatnashishlari bo‘yicha kunlik davomatini yuritib borish;

talabalarning darslarni o‘zlashtirish darajalarini nazorat qilib borish, innovatsion ta’lim texnologiyalari va o‘quv-uslubiy materiallar, axborot-resurslari bilan ta’minlashga hamda ushbu manbalardan keng va unumli foydalanishga ko‘maklashish;

iste’dodli talabalarga ilmiy maqolalar yozishda maslahatlar berish va chop etishda yordam ko‘rsatish.