Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Málimleme -resurs orayı

O‘zbekstan Davlat jismoniy tarbiya sport universisteti Nukus filiali Axborot-resurs markazi mudiri
Toreshova Karima Muratbaevna
Ma’lumot uchun telefon: (99) 319-52-58.
E-mail: karimatoresheva@gmail.com
Axborot resurs markazi ish tartibi:
Har kuni: 0900-1700

Markazning asosiy maqsadi

Axborot resurs markazining asosiy maqsadi filial talabalari, pedagog va ishchi xodimlari hamda ilmiy tadqiqotchilarga axborot kutubxona xizmatini ko‘rsatish jumladan, yangi avlod o‘quv adabiyotlari, badiiy ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ta’minlashdan iborat.

Markazning asosiy vazifalari

1. Talabalar, pedagog xodimlar va ilmiy tadqiqotchilarni o‘quv adabiyotlardan foydalanishga bo‘lgan talablarini qondirish, ularga ma’lumot axborot xizmatini ko‘rsatish;
2. Filial ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan Axborot resurs markazi fondini doimiy boyitib borish;
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271- sonli “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarori ijrosiga muvofiq institut talabalari, pedagog va ishchi xodimlari hamda ilmiy tadqiqotchilarni respublikamiz nashriyotlarida chop etilayotgan badiiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar hamda maxalliy va xorijiy davriy nashrlar bilan doimiy ravishda ta’minlash;
4. Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish;
5. Milliy ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan baxramand bo‘lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratish;
6. “ZiyoNET” elektron axborot tarmog‘i hamda filial elektron kutubxonasini doimiy ravishda elektron axborot ta’lim resurslari bilan boyitib borish va h.k.

Axborot-resurs markazi xodimi Bekmuratova Dilbar Djimanazarovna
Ma’lumot uchun telefon: (91) 399-13-75
E-mail: dilbarbekmuratova@gmail.com