Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Devonxona va arxiv bo’limi

Devonxona va arxiv bo’limi mudiri

Uzaqbergenov Ikram Baxıtbaevich

Telefon:(+ 99890) 592-99-38

 

Devonxona mudiri lavozim vazifalari:

  • Filialga keluvchi hujjatlarni to’g’ri hisobga olish, o’z vaqtida qayd etilishi va ijrochilarga topshirilishini tashkil etish;
  • Filialdan chiquvchi hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;
  • Filiali direktori nomiga keluvchi hujjatlarni qabul qilib olish, ularni
    varaqchaga qayd etish va ma’lum qilish uchun topshirish;
  • Filiali direktori ko’rsatmasiga muvofiq hujjatlarni ijro etish uchun yuborish;
  • Filiali direktori (direktor órinbosari) imzosi bilan yuboriladigan hujjatlar qayd etilib, to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;
  • Kiruvchi xat-xabarlarni, filial rekvizitlari yozilgan bosmaxona blankalarini hisobga olib borish;
  • Ijro etilgan hujjatlarni yig’ma jildlarga tikib qo’yish;
  • Ish yuritishda tugallangan hujjatlarni arxivga topshirish uchun rasmiylashtirish.

 

Bilishi kerak:

  • Ish yuritishni tashkil etishni, yig’ma jildlar ro’yxat tartibi, holatini, doimiy va vaqtincha saqlanadigan yig’ma jildlarning ro’yxatlarini, yig’ma jildlarni arxivga topshirish muddatlari va tartibini bilishi, devonxona faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, Filiali direktori buyruqlarining mohiyatini bilishi, Filial yillik va istiqboli rejalarini bilish.

 

Маtalablari:

  • Filialda boshqaruv lavozimida zarur bo’lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko’nikmalarga;
  •  Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo’lishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo’lishi zarur.
  • Yo’nalishi bo’yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo’lishi zarur.

 

Devonxona va arxiv bo’limi arxivariusti
Erimbetova Altinay Eliwbayevna
Telefon (+99891) 393 00 33

 

DEVONXONA VA ARXIV BO’LIMI ARXIVARIUSINING LAVOZIM VAZIFALARI:

    •Arxivga qabul qilingan yig’majildlar va hujjatlarga fond tartib raqamlarini berish;
   • Arxivda saqlanayotgan hujjatlarga ilgari davlat tomonidan saqlashga topshirilgan hujjatlarning ilmiy-ma’lumot apparati bilan izchiligini hisobga olgan holda ilmiy-ma’lumot apparatini tashkil qilish va to’ldirib borishni ta’minlash;
   • Arxivda saqlanayotgan hujjatlarning ilmiy va amaliy qimmatini aniqlash uchun ekspertiza qilishni tashkil etish, ish yuritish jarayonida hujjatlar qimmatini ekspertiza qilish ishlariga tayyorlash ;
  • Hujjatlarni davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlash ishlarini “Arxiv ishi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda amalga oshirish;
  • O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish va ularning davlat hisobini yuritishni tashkil etish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O’zarxiv” agentligi organlari va muassasalariga taqdim etadi hamda arxivda saqlanayotgan hujjatlarning idoraviy saqlanishi to’g’risida tasdiqlangan statistik shakllar bo’yicha ma’lumotlar tayyorlash va arxiv mudiriga topshirish;
  • Hujjatlardan foydalanishni tashkil qilish va belgilangan tartibda manfaatdor tashkilotlarga, fuqarolarga ma’lumotnomalar, hujjatlardan ko’chirmalar va nusxalar berish uchun tayyorlash;
  • Doimiy va vaqtincha saqlanadigan xujjatlarni ajratish;
  • Arxiv xonalarini tegishli yong’inga qarshi ahvolda saqlash, yorug’lik tushishini, issiqlik tizimini, aloqa vositalarini kuzatish;
  • DAK xujjatlarini, testdan yiqilgan abiturientlarning xujjatlarini qabul qilish;
  • Bo’lim boshlig’ining qonuniy topshirig’ini o’z vaqtida bajarish;
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
  • Filial ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish;
  • Yig’majildlar nomenklaturasini ishlab chiqishda qatnashish.

Bilishi kerak:

  • O’zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, Filial direktori buyruqlari mohiyatini anglash.
  • O’z faoliyatiga taalluqli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinng 12.01.1999 yildagi 12-sonli, 1999 yil 29 martdagi № 140-sonli Qarorlari, “ Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi qonun, hamda ish yuritishga oid Nizom, yo’riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, Filial ichki tartib-qoidalarini bilishi;

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish xususiyatlariga;
  • O’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lishi;
  • O’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo’lishi zarur.

 

Kancelyariya hám arxiv bólimi kuryeri

YUSUPOV DAULETIYAR KAMALATDINOVISH

Telefon: (+ 99897) 474-43-43

 

Kuryer vazifalari: 

  • Filial nomiga yo’llangan xat va hujjatlarni Vazirlik devonxonasidan, boshqa oliy o’quv yurtlari va muassasalardan, aloqa bo’limlaridan qabul qilib olish,  shuningdek  jo’natiluvchi  hujjatlarni  ko’rsatilgan  joylarga  yetkazib berish;
  • Hujjatlarni   qabul   qilib   olish   chog’ida   xat   jildlarga   qo’yilgan raqamlarga muvofiq ekanligini tekshirish;
  • Xat    jildlarga    solinmagan    pochtani    olish    hollarida    ilovalar

mavjudligini tekshirish;

  • Filial direktorining ko’rsatmasiga   binoan   hujjatlarni   ijrochilarga   maxsus daftarga qo’l qo’ydirib, o’z vaqtida topshirish.

Bilishi kerak:

  • O’z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo’riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, filial ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi zarur.

talablari:

  •   Namunaviy    shaxsiy    fazilatlarga-intellekt,    madaniyatli,    ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo’lishi;
  • O’rta maxsus ma’lumotiga ega bo’lishi;
  • O’z  sohasiga  tegishli  masalalar  bo’yicha  axborot  va  ma’lumotlardan xabardor bo’lishi zarur.