Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Matbuot kotibi

 

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Matbuot kotibi

Tilewbaev Murat Jalg’asbaevich
tilewbaev@uzdjtsunf.uz
Tel: (93) 489-81-01

   Matbuot kotibi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, «Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoiyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoiyshlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining buyruqlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi. Matbuot kotibi o’z faoliyatini universitetning tarkibiy bo’linmalari hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarining tegishli xizmatlari bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Matbuot kotibining asosiy vazifalari va funktsiyalari:

 – filial rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

 – axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;

 – keng jamoatchilikni filial faoliyati, uning sohaga normativ huquqiy hujjatlari to’g’risida holisona, sifatli va tezkor xabordar qilish;

 – ommaviy axborot vositalari (keyingi o’rinlarda OAV deb yuritiladi) bilan hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini tarqatish, filialda ommaviy tadbirlarni tashkil etish;

 – filialning rasmiy veb-saytida  axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o’z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog’idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;

 – filial tarkibidagi bo’linmalardagi belgilangan xodimlar bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

 – filial faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to’g’risida filial direktoriga axborot berish;

 – filialning faoliyati sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.