Axborot-resurs markazi
![]() |
Axborot-resurs markazi mudiri
|
Markazning asosiy maqsadi
Axborot-resurs markazining asosiy maqsadi filial talabalari, pedagog va ishchi xodimlari hamda ilmiy tadqiqotchilarga axborot kutubxona xizmatini ko‘rsatish, jumladan, yangi avlod o‘quv adabiyotlari, badiiy ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ta’minlashdan iborat.
Markazning asosiy vazifalari
- Talabalar, pedagog xodimlar va ilmiy tadqiqotchilarni o‘quv adabiyotlardan foydalanishga bo‘lgan talablarini qondirish, ularga ma’lumot axborot xizmatini ko‘rsatish;
- Filial ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan axborot-resurs markazi fondini doimiy boyitib borish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ-3271- sonli “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga muvofiq institut talabalari, pedagog va ishchi xodimlari hamda ilmiy tadqiqotchilarni respublikamiz nashriyotlarida chop etilayotgan badiiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar hamda mahalliy va xorijiy davriy nashrlar bilan doimiy ravishda ta’minlash;
- Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish;
- Milliy ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratish;
- “http://unilibrary.uz” elektron axborot tarmog‘i hamda filial elektron kutubxonasini doimiy ravishda elektron axborot ta’lim resurslari bilan boyitib borish va h.k.
![]() |
Axborot-resurs markazi xodimi |
![]() |
Axborot-resurs markazi xodimi |


