Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

G‘olib sportchilarni filial direktori qabul qildi

Toshkent shahrida kattalar va yoshlar o‘rtasida para badminton sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tgan edi.

Ushbu musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari orasidan ham sportchilar ishtirok etdi. Ular orasida R.Turg‘onboyeva 1-o‘rin, T.Kalbayev va N.Po‘latova 3-o‘rinni egallab, tashkilotchilar tomonidan medal va Diplom bilan taqdirlangan edi.

Bugun ushbu sportning para sport turidan O‘zbekiston chempionatida g‘olib bo‘lib, faxrli o‘rinlarni egallagan talabalarni filial direktori, professor B.Erimbetov qabul qildi va ularni erishgan g‘alabasi bilan tabrikladi.

Qabul jarayonida filial direktori g‘olib sportchilarni erishgan yutug‘i bilan tabrikladi. Ularga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyatlar tiladi va sportchilarni musobaqaga tayyorlagan murabbiyga minnatdorchiligini bildirdi.

Filial Matbuot xizmati.