Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialida 1-kursga qabul qilingan talaba qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Bugun 4-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 1-kursga qabul qilingan talaba qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda filial direktorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Allambergenova va mas’ul mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar talaba-qizlarga filialda yaratilgan sharoitlar, xotin-qizlar maslahat kengashining ishlari, oldindagi rejadagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqida ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, o‘qishda, jamoat ishlarida faol ishtirok etish, ichki tartibga rioya qilish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida talaba-qizlar o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi va qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.