Talabalar muzeyga bordi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali tyutorlari 1-kurs talabalarining o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyiga sayohatga olib bordi.

Talabalar muzey zallaridan o‘rin olgan eksponatlarni tomosha qilib xalqimiz tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishdi.

Shunday sayohatni tashkillashtirgan tyutorlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Filial Matbuot xizmati.