Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Ijaradagi talabalardan xabar olindi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali tyutori Maxsuda Yuldashova va filial profilaktika inspektori Rametulla Ismayilov bilan birgalikda ijara shartnomasi asosida ijara uylarda yashayotgan talabalarning holidan xabar oldi.

Unda ular ijarada yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Tanishuv davomida ular talabalarga bevaqt ko‘chaga chiqmaslik, gaz plitalarini e’tiborsiz qoldirmaslik, yashayotgan xonalarini toza tutish, o‘qishga to‘liq qatnashish va filialning ichki tartib qoidalariga rioya qilish hamda jamoat ishlariga faol qatnashish kerakligi haqida tushuntirish ishlarini olib bordi.

Filial Matbuot xizmati.